OFK ChL. “Navbahor” – “Mumbay Siti” uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqaradi

“Navbahor” jamoasi 3-oktyabr kuni OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida Hindistonning “Mumbay Siti” klubini qabul qiladi. Bellashuvda malayziyalik Muhammad Nazmi Bin Nasaruddin boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

OFK Chempionlar ligasi. 2-tur

3-oktyabr, seshanba

Namangan. “Markaziy” stadion

NAVBAHOR (O‘zbekiston) – Mumbay Siti (Hindiston)

Bosh hakam: Muhammad Nazmi Bin Nasaruddin (Malayziya)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Zairul Bin Halil Tan, Mohd Arif Shamil Bin Abd Rasid (ikkalasi Malayziya)

Zaxira hakami: Hussein Abo Yehia (Livan)

VAR hakami: Salmon Ahmad Falahi (Qatar)

AVAR: Muhammad Ahmad Al Shammari (Qatar)

Nazoratchi: Toru Kamikava (Yaponiya)

Komissar: Chan Ka Chung (Hong Kong)

Mahalliy media ofitser: Diyorjon Xotamqulov

Mahalliy bosh koordinator: Zoxirjon Akramxonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb