OKMK – “Al Sib”. O’yinoldi rasmiy yig’ilish bo’lib o’tdi

Ertaga, 15-avgust kuni OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida OKMK O’monning “Al Sib” klubiga qarshi bahs yuritadi.

Bugun har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida o’yinoldi tashkiliy masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda uchrashuvga aloqador tadbirlar, matbuot anjumani, rasmiy mashg’ulot va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Jamoalarning ertangi uchrashuvni qanday libosda o’tkazishi masalasi ham ko’rib chiqildi. Unga ko’ra, OKMK ertangi o’yinda to’q ko’k rangdagi formada harakat qiladi, mehmonlar esa yashil rangli libosda maydonga chiqishadi. OKMK darvozaboni qora rangli, “Al Sib” posboni esa pushti rangdagi forma kiyadi.

OKMK – “Al Sib” uchrashuvi ertaga Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida bo’lib o’tadi va soat 20:00da start oladi.


OFK Chempionlar ligasi 2023/24

15-avgust 20:00

OKMK (O‘zbekiston) –  “Al Sib” (O‘mon)

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad, Muhammad Kazzaz (ikkalasi Suriya)

Zaxira hakami: Feras Tavil (Suriya)

Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron)

Komissar: Ayman Mohammad Saud Harun (Iordaniya)

Mahalliy media ofitser: Akmal Rahmatov

Mahalliy bosh koordinator: Zoxirjon Akramxonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb