OKMK Chempionlar ligasini suriyalik hakam hushtagi bilan boshlaydi

Joriy mavsum O‘zbekistonning 4 ta klubi OFK Chempionlar ligasida ishtirok etadi. 

15-avgust kuni OKMK Chempionlar ligasining saralashida O‘monning “Al Sib” klubini qabul qiladi. Bellashuvda suriyalik Hanna Hattab boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi. 
Hanna Hattab ishtirokidagi xalqaro o‘yinlarda klublarimiz hozirgacha mag‘lub bo‘lmagan. O‘tgan mavsum uning boshqaruvida “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. 2021-yilda esa qarshiliklar Hattab ishlagan bellashuvda Hindistonning “Mohun Bagan” klubi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Shuningdek, 2020-yil “Paxtakor” mazkur hakam ishlagan bellashuvda Eronning “Shahr Xodro” klubini taslim qilgan — 1:0.

OFK Chempionlar ligasi 2023/24 
15-avgust 20:00 
OKMK (O‘zbekiston) –  “Al Sib” (O‘mon) 
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad, Muhammad Kazzaz (ikkalasi Suriya)
Zaxira hakami: Feras Tavil (Suriya)
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron) 
Komissar: Ayman Mohammad Saud Harun (Iordaniya)
Mahalliy media ofitser: Akmal Rahmatov 
Mahalliy bosh koordinator: Zoxirjon Akramxonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb