Pro liga. 12-turning ikki uchrashuvi 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Pro liga 12-turidan joy olgan ikki uchrashuv “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon-SGS” kabi jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi ehtimoliy o‘yinlari sabab sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi 1/8 final uchrashuvlari 1, 2, 8, 14, 16 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

Liga Pro liga jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni 1-2 avgust kunlariga belgilagach, mazkur jamoalar o‘rtada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tanaffus o‘rniga rasmiy uchrashuvlarni 13-avgustda o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi. Shundan kelib chiqib, “Lokomotiv” — “Andijon-SGS” hamda “Dinamo” — “Mash’al” uchrashuvlari 13-avgustda o‘tishi kelishildi. 

Qayd etish kerak, O‘zbekiston kubogi bilan xayrlashgan yoki kubokdagi o‘yinlari avgustning boshqa sanalariga tayin qilingan Pro liga jamoalari 12-turni 2-3 avgust sanalarida o‘tkazib bo‘lishgandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb