ChL. OKMK saralashni o‘z shahrida o‘tkazadi

OKMK Chempionlar ligasi saralash uchrashuvi uchun OKMK sport majmuasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. OFK komissari saralash uchrashuvi oldidan stadionni to‘liq inspektsiya qiladi. Komissarning ijobiy xulosasi OKMK uchun guruh bellashuvlarida ham shu stadiondan foydalanishni kafolatlashi mumkin. Buning uchun albatta OKMK guruh bosqichiga ham yo‘l olishi kerak. 

Saralashda OKMK 15-avgust kuni O‘monning As-Siib klubiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 20:00 da start oladi.

P.S. OKMK maydoni rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Projektor esa 1-avgustga qadar talab etilgan ko‘rinishga keltiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb