Qoraqalpog‘istonning “Jayxun” jamoasi Birinchi liga qatnashchilari safiga qo‘shildi

2023-yilning 4-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilgan “Jayxun” jamoasi O‘FA tavsiyasi asosida Birinchi liga qatnashchisiga aylandi. Bunda “Jayxun” Liga Ustavining 4.3-bandiga muvofiq kirish badalini to‘lash sharti bilan musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi. 

“Jayxun” bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi prezidiumining qarori asosida moliyalashtirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, futbol jamoasining 2023-yilgi mavsum uchun smetasi tasdiqlangan. “Jayxun” smeta hamda Liga talab etgan boshqa hujjatlarni taqdim etib ulgurdi.

Shu tariqa Qoraqalpog‘iston sharafini Pro liga musobaqasida “Aral”, Birinchi ligada esa “Jayxun” himoya qiladigan bo‘ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb