Liganing OAV bilan uchrashuvi 25-fevral kuni 12:30 da boshlanadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasining OAV bilan uchrashuvi 25-fevral kuni soat 15:00 da tashkil etilishi ma’lum qilingandi. Sport jurnalistlariga qulaylik yaratish maqsadida uchrashuv soati 12:30 ga o‘zgartirildi.

25-fevral kuni Toshkentda “Paxtakor” hamda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tomonlar uchrashuvni 17:00 da boshlashga kelishib olishdi. Tabiiyki, o‘z vaqtida derbi maqomida bo‘lgan uchrashuvni kuzatib borish uchun OAV vakillari ham “Paxtakor” stadioniga borishni rejalashtirgan. Shundan kelib chiqib, Liga OAV bilan uchrashuvni 12:30 ga ko‘chirishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, 25-fevral kuni Liga shuningdek, futbol klublari matbuot kotiblari uchun ham seminar tashkil etadi. Mazkur seminar 11:00 da start oladi. Endilikda OAV bilan uchrashuv mazkur seminarga ulanib ketishi rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb