“Superliga va Pro liga reglamenti” jamoatchilik uchun taqdim etildi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2020-yildan boshlab Superliga hamda Pro liga klublari uchun bosqichma-bosqich talab qo‘yib kelganidan xabaringiz bor. Uning yakuniy bosqichi sifatida 2023-yilga kelib aynan shu ikki liga uchun umumiy reglament qolgan musobaqalardan ajratib olindi. 

Mazkur reglament Liga Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 16-dekabrdagi yig‘ilishi orqali ma’qullangan hamda Superliga va Pro liga klublariga taqdim etilgan. Faqatgina Pro liga formatini o‘zida aks ettirgan 7-bob Ijroqo‘m ayrim futbol klublariga yanvar oyining 21-sanasiga qadar muhlat berganidan kelib chiqib, to‘ldirilmagandi. Liga 25-yanvar kuni Pro ligada 11 ta jamoa kurash olib borishi haqida ma’lumot taqdim etdi va shu asosda reglament bo‘yicha ishni to‘liq yakunladi. 

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning o‘zbek tilidagi talqini bilan mana shu havola orqali tanishish imkoniyati mavjud. Uning ingliz tilidagi ko‘rinishi ham tez orada saytga joylashtiriladi. “O‘zbekiston kubogi, Superkubogi va o‘tish o‘yinlari reglamenti” hamda “Birinchi liga reglamenti” tez orada jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb