Jizzaxning “Qangli” jamoasi futzal birinchiliging yettinchi ishtirokchisi bo‘ldi

2022/23-yilgi futzal mavsumining Birinchi ligasida 7 ta klub kurash olib boradi: “Mash’al”, “Surxon”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Dizak”, TTG, “Qangli”. 

“Qangli” jamoasi shu yil tashkil etilgan. U O‘zPFL a’zoligiga qo‘shilish bo‘yicha talab etilgan hujjatlarni taqdim etishga erishdi. Endilikda jamoa o‘z futzalchilarini va rasmiylarini yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 

Avvalroq TTG jamoasi O‘zPFL yangi a’zosi sifatida e’lon qilingandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb