OFK kubogi-2022: “So‘g‘diyona” – “Istern” uchrashuvi rasmiylari ma’lum

Bilasiz, OFK kubogida muvaffaqiyatli odimlayotgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi 6-sentyabr kuni mazkur musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. 
OFK kubogi-2022 hududlararo yarim finalida “So‘g‘diyona” Honkongning “Istern Long Layns” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvni kuvaytlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin bosh hakami – Ahmad Alali. 

OFK kubogi-2022. Hududlararo yarim final. 

“So‘g‘diyona” (O‘zbekiston) – “Istern Long Layns” (Honkong)  

6-sentyabr 2022-yil. “So‘g‘diyona Markaziy” stadioni. 

Bosh hakam: Ahmad Alali (Kuvayt) 

Yordamchi hakamlar: Abbos G‘olum (Kuvayt), Yoqub Almutairi (Kuvayt)

Zaxira hakami: Ali Reda (Livan)

Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron) 

Mahalliy koordinatorlar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov, Shoxruz Xo‘jayev, Zoxirjon Akramxonov 

Komissar: Bashir Shafiq Abdul Xoliq (Livan) 

Mazkur uchrashuv 6-sentyabr kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona Markaziy” stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb