O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga yangi direktor tayinlandi

Bugun “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida futbol hakamlari va nazoratchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Odil Ahmedov so‘zga chiqib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining 2022-yil 15-iyun kunidagi buyrug‘iga asosan Laziz Qo‘chqorov O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Keyin esa Laziz Qo‘chqorov ham so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan holda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xodimlari, hakamlar va hakam nazoratchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda mamlakatimizda hakamlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni astoydil bajarishga urinishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida yurtimizda futbol bo‘yicha hakamlik faoliyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish, professional futbol musobaqalariga VAR tizimini joriy etishni kengaytirish, hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini isloh etish, yuqori malakali hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab olindi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb