Markaziy uchrashuv – “So‘g‘diyona-W” – “Sevinch”

Bugun ayollar chempionati oliy ligasining 3-tur doirasidagi o‘yinlar davom ettiriladi. Nafaqat turning, balki chempionatning markaziy uchrashuvlaridan biri sifatida qaralayotgan “So‘g‘diyona-W” va “Sevinch” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Mazkur jamoalarning so‘nggi to‘rt yillik davridagi o‘zaro o‘tkazilgan 11 ta o‘yin natijasiga ko‘ra qarshiliklar ustunlik qilmoqda - 6 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan, ikkita o‘yinda hisob ochilmagan, 3 tasida esa mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar farqi ham “Sevinch” foydasiga – 13:9. Eng yirik natijalar: 2018-yil – “So‘g‘diyona-W” - “Sevinch” – 2:5; 2021-yil – “Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 0:4. O‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar Maftuna Panjiyeva (“Sevinch”) va Diyora Habibullayeva (“So‘g‘diyona-W”) – 4 tadan. 2018 va 2019-yillarda “Sevinch” “So‘g‘diyona-W”ni ikki marotaba 2:0 hisobida yenggan o‘yinlarda barcha to‘plarga Panjiyeva mualliflik qilgan. “Sevinch” vakillari Gulzoda Amirova, Nilufar Qudratova va Malika Burxonova ikki marotabadan gol urishgan.

O‘z davrida “Sevinch” tarkibida to‘p tepib, jizzaxliklarni mag‘lub etishda asosiy ishlarni bajargan Maftuna Panjiyeva, Tanzilya Zarbiyeva, Feruza Boboxo‘jayeva bugun “So‘g‘diyona-W” tarkibida  “Sevinch”ga qarshi maydonga tushadi. Aksincha, o‘tgan mavsumda jizzaxliklar safida to‘p tepib, “Sevinch” darvozasini ishg‘ol etgan Mahliyo Sarikova bugun sobiq jamoadoshlariga qarshi o‘ynaydi.

 

O‘zaro o‘yinlar natijasi:

2018-yil

“So‘g‘diyona-W” – “Sevinch” – 2:5

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 2:0

 

2019-yil

1-bosqich

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 2:0

“So‘g‘diyona-W” – “Sevinch” – 0:0

2-bosqich

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 2:0

“So‘g‘diyona-W” – “Sevinch” – 0:1


2020-yil

1-bosqich

“So‘g‘diyona-W” – “Sevinch” – 0:1

2-bosqich

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 0:0


2021-yil

1-bosqich

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 0:1

“So‘g‘diyona-W” – “Sevinch” – 2:0

2-bosqich

“Sevinch” – “So‘g‘diyona-W” – 0:4.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb