Coca-Cola Superliga. “Bunyodkor” o‘z uyida, “So‘g‘diyona” esa safarda g‘alaba qozondi

Bugungi ikki o‘yin bilan, AGMK – “Nasaf” uchrashuvining qoldirilganligini inobatga olmaganda, 3-tur bahslari nihoyasiga yetdi. “Bunyodkor” legioner Tomivaning ikki goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida Avazbek O‘lmasalievning o‘z darvozasini nishonga olib qo‘yishi ham “qaldirg‘ochlar” yutug‘iga ta’sir qilmadi. O‘yin oldidan ko‘pchilikni xavotirga solgani bu maydon maysasining axvoli edi. Necha yildan beri maromiga etkazilmayotgan maydon maysasi bu gal ham qayta parvarishdan keyin ilk bor rasmiy o‘yinni qabul qildi, xayriyatki, ortiqcha talofat ko‘rmadi. Zora bundan keyin ham muammolar keltirib chiqarmasa bo‘lgani.

Yaypanda esa “So‘g‘diyona” nisbiy mezbon “Neftchi” ustidan g‘alaba qozondi. Bu yerda jizzaxliklar ikkita to‘p farqida oldinda borib, ikkinchi bo‘lim oxirlarida penaltilar evaziga o‘z darvozasidan bitta gol o‘tkazib yuborishdi. Mezbonlarning mag‘lubiyatiga qaysidir ma’noda bir kishi kam bo‘lib qolganligi ham ta’sir o‘tkazgandek bo‘ldi. 78-daqiqada jamoaning etakchisi, sardori Lutfulla To‘rayev jiddiy jarohati tufayli o‘yinni davom ettira olmadi. Zaxira almashish limiti (uch urinishda besh nafar futbolchi almashishi) tugaganligi uchun uning o‘rnini hech kim to‘ldira olmadi. Yakunda esa “Neftchi” navbatdagi mag‘lubiyatini tan oldi.    

 

Coca-Cola Superliga. 3-tur

18 mart, juma

 

BUNYODKOR – LOKOMOTIV - 2:1 (0:0).

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 1155 tomoshabin.

Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Andrey Tsapenko

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Ibrohim Tomiva, 64-pen.  (1:0), Ibrohim Tomiva, 79 (2:0), Avazbek O‘lmasaliyev, 90+2-o‘z darv. (2:1)

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Davronjon Ergashev, Dilshod Jo‘rayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Frantsis Narx (Husayn Ergashboev, 84), Rasul Yo‘ldoshev (Odiljon Abdurahmonov, 84), Muzaffar Olimjonov (Usmonali Ismonaliyev, 73), Umarali Rahmonaliyev, Suhrob Izzatov (Muhammadodil Qahramonov, 90+2), Ibrohim Tomiva, Jahongir O‘rozov.

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov (Rustam Nortojiyev, 46), Islomjon Qobilov, Alisher Salimov (Dilshodjon Komilov, 82), Diyorjon Turopov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Qodirqulov, Etame Jerome (Igor Chikrizov, 46), G‘ulomhaydar G‘ulomov, Islom Rashidxonov (Muhammadanas Hasanov, 61), Sherzod Fayziyev, Samuel Opex (Jaloliddin Jumaboyev,73).

Ogohlantirish:  Dilshod Jo‘rayev, 58, Shuxrat Maqsudov, 86 (bosh murabbiy) - Kaxi Maxaradze, 81.  

 

NEFTChI – SO‘G‘DIYONA - 1:2 (0:2)

Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni. 1107 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Shahboz Jo‘rabekov,  9 ( 0:1), Luka Chermel, 38 (0:2), Shahzodbek Ubaydullayev, 81-pen. (1:2).

"Neftchi": Akbar To‘rayev (Mashhurjon Muhammadjonov, 46), Oybek Qilichev (Izzatilla Abdullayev, 60), Husniddin G‘ofurov (Ulug‘bek Hoshimov, 60), Lutfulla To‘rayev (78-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi), Mirzohid G‘ofurov, Anvarjon G‘ofurov, Daniel Stoykovich (Marko Sarich, 46), Darko Stanoevich, Shahzodbek Ubaydullayev, Abbosjon G‘ulomov, Aleksandr Esich (Sirojiddin Qo‘ziyev, 42).

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Ayubxon No‘monov, Iskandar Shaykulov (Yure Obshivach,  65), Shahboz Jo‘rabekov, Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 78), Jasur Hasanov (Hislat Halilov, 53, Doniyor Abdumannopov, 78), Javohir Qahramonov (Marat Bikmayev, 65), Behruz Shodmonov, Luka Chermel, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Izzatilla Abdullayev, 90+1 - Iskandar Shaykulov, 34, Shahboz Jo‘rabekov, 43, Behruz Shodmonov, 46, Marko Kolakovich, 80.

mib
uzcard
cola
apex
bmb