Superliga va Pro liga klublari media xodimlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro liga ishtirokchi klublarining media bo‘limi xodimlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda mavjud yutuq va kamchiliklar, yangi mavsum rejalari, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. Ortda qolgan 2021-yilda qaysi klublar ushbu yo‘nalishda faol va samarali ishlagani, qaysi klublar esa, aksincha, biroz qoniqarsiz faoliyat olib borgani o‘rganildi hamda o‘sha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi.

Seminarning ikkinchi qismida 2021-yilgi va undan oldingi mavsumlarda sodir bo‘lgan munozarali vaziyatlardan tuzilgan videokeyslar matbuot xizmati xodimlari bilan tahlil qilindi.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb