O‘zPFL uchrashuv komissarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga oz qolmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsumga hozirlikni jiddiy tarzda olib bormoqda. Bugun joriy mavsum O‘zPFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda komissarlik faoliyatini olib boradigan O‘zPFL va O‘FA xodimlari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

Unda uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish, 2022-yilgi "O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti"da belgilangan barcha talablarga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi. Qolaversa, mazkur reglamentga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, uchrashuvga qadar va uchrashuv paytida yuzaga keladigan masalalar, shuningdek, ortda qolgan 2021-yilgi mavsumda uchrashuvlarni tashkil etishda yuzaga kelgan jihatlar muhokama etildi.

Seminar yakunida nomzodlar komissarlik uchun test imtihonini topshirishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb