IFFHS reytingi bo‘yicha Murod Xolmuhammedov Godin va Marselo bilan bir qatorda

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2001—2021 yillarda eng ko‘p gol kiritgan himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Statistikani tuzishda milliy chempionat oliy ligasida, mamlakat kubogi bahslarida, klub miqyosidagi rasmiy xalqaro uchrashuvlarda, milliy terma jamoa rasmiy o‘yinlaridagi kiritgan gollari hisoblangan.

Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov 55-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonlik himoyachi “Kalyari” futbolchisi Diego Godin va “Real Madrid” a’zosi Marselo kabi tajribali o‘yinchilar bir hil ochko to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakunlariga ko‘ra Murod Xolmuhammedov 19-o‘rin, uzoq vaqt davomida “Metallurg” klubi sharafini himoya qilgan, bugungi kunda “Yangier” jamoasida faoliyat olib borayotgan Dilmurod Karimov 52-o‘rinni egallagan edi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb