UZ Footbal Awards–2021. Yosh yulduz bo‘lishga nomzodlar

O‘zPFL “Yosh yulduz” bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.

UZ Football Awards marosimi-2021

Yosh yulduz bo‘lishga nomzodlar:

Hojimat Erkinov (“Paxtakor”, O‘zbekiston milliy va U23 terma jamoasi) — O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi, Coca-Cola Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi-2021 finalchisi

Asadbek Jo‘raboev (“Navbahor” U18) — O‘zbekiston U18 chempionati-2021 bronza medali sohibi va to‘purari

Muhammadali O‘rinboev (“Paxtakor” asosiy jamosi, U21, U18, U16 jamoasi, O‘zbekiston U16 terma jamoasi) — Coca-Cola Superliga-2021 chempioni, U21 vitse-chempioni, U18 vitse-chempioni, U16 chempioni

Diyor Xolmatov (“Paxtakor” va O‘zbekiston U23) — Coca-Cola Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi-2021 finalchisi

Husain Norchaev (“Nasaf”, O‘zbekiston milliy va U23 terma jamoasi) — O‘zbekiston Coca-Cola kubogi sohibi, OFK Kubogi-2021 finalchisi va to‘purari

Behzod Shamsiev (“Olimpik” va O‘zbekiston U23 terma jamoasi) — Pro liga uchinchi o‘rin sohibi, Superliga-2022 yo‘llanmasi

Husain Ergashboev (“Navbahor” asosiy va U21 jamoasi) — U21 chempionati to‘purari.


Hojimat Erkinov — “Paxtakor” klubi, O‘zbekiston U23 va milliy terma jamoasi vingeri

2001 yilda tug‘ilgan futbolchi mavsum davomida 29 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 8 gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.


Asadbek Jo‘raboev — O‘zbekiston U18 chempionati to‘purari.

“Navbahor”ning kelajagi sifatida qaralayotgan yarim himoyachi 19 o‘yinda 21 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

2021 yildagi jamoaviy yutuqlari:

- U18 chempionati bronza medali sohibi;

- U18 chempionati to‘purari

2021 yildagi jamoaviy yutuqlari:

- O‘zbekiston Superkubogi sohibi;

- O‘zbekiston Coca-Cola Superligasi chempioni;

- O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finalchisi.


Muhammadali O‘rinboev — maydonga tushgan eng yosh futbolchi

“Paxtakor” vakili Coca-Cola Superligadagi debyutini 23-tur doirasidagi “So‘g‘diyona”ga qarshi bahsda rasmiylashtirdi (16 yosh 183 kunligida).

2005 yilda tug‘ilgan yarim himoyachi, shuningdek, O‘zbekiston U16 chempionatida 5 (4 gol), U18 chempionatida 9 (6 gol), U21 chempionatida 15 (2 gol) uchrashuv o‘tkazdi.

Muhammadali O‘rinboev 2021 yilda 4 ta yosh toifasidagi musobaqada sovrin olganini ham alohida ta’kidlash kerak.

2021 yildagi jamoaviy yutuqlar:

- U16 chempionati — oltin medal;

- U18 chempionati — kumush medal;

- U21 chempionati — kumush medal;

- Coca-Cola Superliga — chempion.


Diyor Xolmatov — kuchli raqobatchilari bo‘lishiga qaramay, “Paxtakor”ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topa oldi. Yarim himoyachi bu yil 28 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 3 ta golli uzatmaning muallifiga aylandi. U ayni paytda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zosi ham.

2021 yildagi jamoaviy yutuqlar:

- Coca-Cola Superligasi chempioni;

- O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finalchisi.


Husain Norchaev — “Nasaf”ning asosiy snayperi

Coca-Cola Superligada 13 ta gol kiritgan hujumchi musobaqaning to‘purarlar jadvalida uchinchi bo’ldi. Ammo penaltidan kiritilgan to‘plar hisobdan chiqarilsa, “ajdarlar” vakili mutlaq etakchiga aylanib qoladi.

2002 yilda tug‘ilgan futbolchi OFK kubogi-2021 eng yaxshi to‘purariga aylandi (7 ta gol bilan).

Husain bu yil umumiy hisobda 39 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 24 gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Norchaev, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazib, ilk golini rasmiylashtirishga ham ulgurdi.

2021 yildagi jamoaviy yutuqlar:

- O‘zbekiston Coca-Cola kubogi sohibi;

- OFK kubogi finalchisi.


Behzod Shamsiev — “Olimpik” jamoasi sardori. 2001 yilda tug‘ilgan yarim himoyachi mavsum davomida markaziy mudofaa chizig‘ida o‘ynaganiga qaramay, juda iliq taassurot qoldirdi.

Behzod ayni paytda O‘zbekiston U23 terma jamoasining vitse-sardori hisoblanadi.

2021 yildagi jamoaviy yutuqlar:

- Pro liga uchinchi o‘rin sohibi;

- Superliga-2022 yo‘llanmasi.


Husain Ergashboev — “Navbahor” U21 jamoasi etakchisi. O‘zbekiston U21 chempionatida 24 uchrashuv o‘tkazgan hujumchi raqib darvozasiga 16 bor yo‘l topib , “lochinlar”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi.

Bu mavsum Ergashboev musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.


Eslatib o‘tamiz, UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb