U-16. “Paxtakor” oltin, “Nasaf” kumush, “Bunyodkor” esa bronza medallarni qo‘lga kiritdi

Poytaxtdagi “Bunyodkor” stadioni va “Chig‘atoy” sport bazasi maydonlarida  9 noyabr kuni start olgan va deyarli ikki hafta davom etgan 16 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionati nihoyasiga yetdi. Hal qiluvchi kuni maydonda dastlab uchinchi o‘rin uchun “Andijon” va “Bunyodkor” jamoalari bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra andijonliklar hisobda oldinda borishayotgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda “yosh qaldirg‘ochlar” tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Ayniqsa Abduazim Ortiqov “xet-trik” qayd etib, jamoadoshlari joniga oro kirdi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida “Nasaf” “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushdi. “Yosh sherlar” birinchi bo‘limda ikkita, ikkinchi bo‘limda ham yana shuncha gol urishib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Shu tariqa chempionat oltin medali “Paxtakor”ga nasib etdi. “Nasaf” kumush, “Bunyodkor” esa bronza medaliga loyiq topildi. Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar, eng yaxshi deb topilgan murabbiy va futbolchilar diplom, medal, kubok va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mukofotlarni yaqin o‘tmishning futbol yulduzlari, endilikda murabbiylik sohasida ham nom qozonayotgan Mirjalol Qosimov hamda Ravshan Haydarovlar topshirishdi.

 

“Eng yaxshi...”  deb topilganlar:

Darvozabon – Maksim Murkayev (“Paxtakor”

To‘purar – Azizbek Usmonov (“Andijon”)

Futbolchi – Aziz Iskanov (“Nasaf”)

Murabbiy – Farhod Nishonov (“Paxtakor”).

 

U-16. 21 noyabr, yakshanba

Uchinchi o‘rin uchun

 

ANDIJON – BUNYODKOR – 2:4 (1:0)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Adham Rixsiboyev, Daler Tilloyev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Azizbek Usmonov (27), Abubakir Rejabboyev (84) – Abduazim Ortiqov (54, 58, 79), Iskandar Soliyev (66)

Ogohlantirishlar: Muhriddin Valijonov (8), Fazliddin Zuhriddinov (29), Azizbek Usmonov (75), Zayniddin Hamroboyev (90+1) –  Abduazim Ortiqov (44)

Chetlatish: Muhriddin Valijonov (72, 2-sariq) – Shohjahon Muhitdinov (70).

 

Final

NASAF – PAXTAKOR – 0:4 (0:2)

Hakamlar: Akobir Shukurullayev, Rustam Tog‘ayev, Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Temur Odilov (7), Ravshan Abdumannonov (20, 89), Danila Ni (66)

Ogohlantirishlar: Sharofitdin Bo‘riyev (35), Ravshan Hayrullayev (39), Asadbek Shamsutdinov (53), Bexruz Soatov (72) – Shaxzod Imomov (82).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb