U-16. Finalda “Nasaf” va “Paxtakor”, 3-o‘rin uchun esa “Andijon” – “Bunyodkor”

16 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionati hal qiluvchi nuqtasiga ham yetib kelindi. O‘tkazilgan yarim final o‘yinlari keskinligi, murosasizligi, xavfli vaziyatlarga boyligi va albatta, jamoalarning teng ekanligi bilan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. “Nasaf” va “Andijon” uchrashuvida o‘yin taqdirini asli samarqandlik, lekin bir necha yildan buyon “Nasaf” akademiyasida tajriba orttirayotgan, shu turnirning avvalgi o‘yinlarida ikki marta eng yaxshi futbolchi sifatida nom qozongan Azizbek Iskanov hal qildi. Uning ikkita goliga andijonliklar bir marotaba javob qaytarishdi. Turgan gapki, Azizbekning o‘zi shu o‘yinning ham “Eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” uchrashuvida jamoalar teng kurash olib borishdi. Bunga g‘olib nomi penaltidan ma’lum bo‘lganligi aytib turibdi. “Lotoreya” bahsida darvozabon Maksim Murkaevning mahorati evaziga omad “yosh sherlar”ga kulib boqdi. Bunda ham uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan maxsus sovg‘a  albatta, “Paxtakor” darvozaboniga taqdim etildi. Shu tariqa musobaqaning hal qiluvchi final bahsiga “Nasaf” va “Paxtakor” yo‘l oldi. Turnirning bronza medali uchun esa “Andijon” va “Bunyodkor” jamoalari kurash olib borishadi. O‘yinlar 21-noyabrga belgilangan.

 

U-16. Yarim final.

19-noyabr, juma

 

NASAF – ANDIJON – 2:1 (2:1). 35 tomoshabin.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Daler Tilloyev

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Aziz Iskanov (8, 45+1-pen.) – Azizbek Usmonov (33-pen.)

Ogohlantirishlar: Samandar Toirov (51), Oltiboy Hamidov (66), Asadbek Shamsutdinov (82), Muhammadjon Valiyev (84) – Fazliddin Zuhriddinov (14), Akbarxo‘ja No‘monxo‘jayev (37), Asilbek Tojiddinov (45), Fayzullo Nurmuhammadov (51), Zayniddin Hamroboyev (54)

 

BUNYODKOR – PAXTAKOR – 2:2. Penaltilar seriyasi – 1:3. 57 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Sardor Mirodilov, Xusniddin Bahodirov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Abdurahmon Sulaymonov (15), Iskandar Soliyev (75) – Shaxzod Imomov (44), Temur Odilov (90)

Ogohlantirishlar: Saidabror Nasriddinov (59), Abduqodir G‘afurov (80), Abdulloh Omonaliyev (90+3) –Yyo‘q.

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb