U-16. “Bunyodkor”, “Andijon”, “Nasaf” va “Paxtakor” yarim finalda

16 yoshlilar o‘rtasida davom etayotgan mamlakat chempionatining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Deyarli barcha uchrashuvlarda yirik natijalar qayd etildi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” raqiblari “Lokomotiv” hamda “Metallurg” jamoalari darvozalariga javobsiz uchtadan gol urishdi, “Nasaf” “Surxon”ni 4:1, “Andijon” esa “Turon”ni 3:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘llanma olishdi. Ob-havoning sovuqligi, qalin yog‘ilgan qor ham yosh, shijoatli futbolchilarga kor qilmadi – g‘alaba uchun borini berishdi. Guruh o‘yinlarida bo‘lgani kabi chorak final uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchilari O‘zPFL ta’sis etgan maxsus sovg‘alar bilan mukofotlanishdi. Yarim final o‘yinlari 19 noyabr kuniga belgilangan.

 

U-16. Chorak final.

17 noyabr, chorshanba

 

LOKOMOTIV – BUNYОDKOR – 0:3 (0:1).

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Iskandar Soliyev (19), Ulug‘bek Kenjayev (75, 86)

Ogohlantirishlar: Azizxon Toshpo‘latov (3) – Abdulloh Omonaliyev (58), Saidabror Nasreddinov (68), Timur Baxtiyorov (90+2).

 

ANDIJON – TURON – 3:1 (2:0). 56 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukrullayev, Sardor Nishonboyev, Islom Azimov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Asilbek Tojiddinov (27-pen.), Akbarxo‘ja No‘’monxo‘jayev (39), Zayniddin Hamroboyev (90) – Sardor Soliyev (75)

Amalga oshirilmagan penalti: Sardor Soliyev (6, “Turon”)

Ogohlantirishlar: Asilbek Tojiddinov (5), Azizbek Usmonov (65) – Shaxzod Husanov (65), Muhammadrizo Nosirov (83).

 

NASAF – SURXON – 4:1 (0:0). 21 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Sherzod A’zamov,  Avazbek Abdullayev

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Ravshan Xayrullayev (55), Quvonch Ibragimov (71),  Samandar Toirov (73), Azizbek Iskanov (82)  - Abdug‘afur Xaydarov (85)

Ogohlantirishlar: Ravshan Xayrullayev (30), Jonibek Nurmuhammedov (43) – yo‘q.

 

PAXTAKOR – METALLURG – 3:0 (1:0). 35 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Timur Galeyev, Amir Galeyev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Temur Odilov (34), Muhammadali Zohidov (56), Saidumar Saidnurullayev (86)

Ogohlantirishlar: Yo‘q –yo‘q.

Chetlatish: Yo‘q – Bexruz Abdullayev (29).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb