U-16. Chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining guruh o‘yinlari nihoyasiga etdi. So‘nggi uchinchi turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. 14 yoshlilar musobaqasida finalgacha etib borgan xorazmliklarning akalari ham ukalari izidan borishiga ko‘pchilik ishonishgandi, bunga ularning xatti-harakatlari ham monand kelayotgandi. “Qizilqum”ni yirik hisobda yutgan, “Lokomotiv” bilan durang o‘ynagan “Xorazm” so‘nggi turning so‘nggi daqiqalarida “Turon”dan gol o‘tkazib yubordi  va turnirni tark etishga majbur bo‘ldi. 14 yoshlilar chempioni “Odil junior”ning ham bu musobaqada omadi chopmadi, so‘nggi turning qo‘shib berilgan daqiqalari oxirida “Surxon”dan gol o‘tkazib yubordi va musobaqa bilan xayrlashdi. Guruh o‘yinlarida “Aral Samali”, “Qizilqum” va “Dinamo” jamoalari birorta ham ochko ola bilishmadi. Chorak finalgacha etib borolmaganlar ro‘yxatiga shuningdek, “Mash’al”, “Neftchi”, “So‘g‘diyona”, “Qo‘qon-1912”, “Navbahor”, “Nurafshon” va AGMK jamoalari kiritildi. Aksincha, o‘z guruhlarida “Andijon” (“A”), “Paxtakor” (V”) va “Nasaf” (“E”) birorta ham ochko yo‘qotmay, yuz foizli natija qayd etdi. Eng ko‘p yirik hisoblar ko‘rsatgan,  raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol etib, eng kam gol o‘tkazgan (29-3) jamoa “Andijon” bo‘ldi. Shuningdek, “Lokomotiv” (S”) hamda “Metallurg” (“D”) jamoalari ham guruh g‘olibi sifatida navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi. Guruhlarda eng yaxshi ikkinchi natija qayd etib, chorak finalga chiqqanlar esa “Bunyodkor” (“V”), “Turon” (S”) hamda “Surxon” (“D”) jamoalari bo‘lishdi.    

 

Chorak final o‘yiniga alohida qur’a tashlanadi. Musobaqa Nizomiga ko‘ra, beshta guruh peshqadamlari orasidan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rt jamoa birinchi savatchadan joy oladi. Guruh etakchilari orasidan faqatgina “Metallurg” va yana uchta jamoa ikkinchi savatchaga tashlanadi. Qur’a tashlashda bir savat vakillari bir-birlari bilan to‘qnash kelmaydi. Biroq guruh o‘yinlarida bir guruhda bahslashgan jamoa chorak finalda ham to‘qnash kelish ehtimoli bor.

 

Chorak final o‘yinlari 17 noyabrda, yarim final 19 noyabrda, 3-o‘rin uchun va final uchrashuvlari 21 noyabr kuni tashkillashtiriladi.

 

U-16. 3-tur.

15 noyabr, dushanba

 

“Chig‘atoy” stadioni:

 

SO‘G‘DIYoNA – MASh’AL - 2:2 (1:1). 19 tomoshabin.

Hakamlar: Oybek Kallaxo‘jaev, Husniddin Bahodirov, Daler Tilloev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Akobir Jahonov (54) – Izzatillo Yusupov (5), Dilmurod Dadajonov (44-o‘z darv.), Jasur Hikmatullaev (90+4)

Ogohlantirishlar: Samandar Kazakbaev (80), Qobuljon Saidov (87) – Dilmurod Dadajonov (83), Sanjar Yusupov (87).

 

BUNYoDKOR – PAXTAKOR – 1:4 (1:2). 37 tomoshabin.

Hakamlar: Rahim Karimov, Husniddin Bahodirov, Daler Tilloev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Iskandar Soliev (10) – Muhammadali O‘rinboev (39-pen., 44), Saidumar Saidnurullaev (64), Temur Odilov (90+1)

Ogohlantirishlar: Asadbek Jamolov (75), Jamoliddin Rahmatullaev (87, bosh murabbiy) – Davron Mirzabekov (67), Muhammadali O‘rinboev (89).

 

LOKOMOTIV – QIZILQUM – 4:2 (4:1). 27 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Gulshoda Saidqulova

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Kamronbek Yigitaliev (8), Ibrohimjon Qurbonov (17), Abdusaid Xabibullaev (27-o‘z darv.), Javohir Baxtiyorov (37), Saidafzalxon Mahmudov (40) – Doston Usmonov (59-pen.)

Ogohlantirishlar: Muhammadyusuf Hasanov (14), Nosir Abrorov (87) – Jahongir Erkinov (14), Shohjahon Odilov (45), Doston Usmonov (56), Shahriddin Erdonov (65), Bekzod Sharipov (89).

 

SURXON – ODIL JUNIOR – 1:0 (0:0). 154 tomoshabin.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Alisher Rahimqulov, Gulshoda Saidqulova

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Diyorjon Rashidov (90+3)

Ogohlantirishlar: Suxrob Ergashev (9), Ramazon Kamolov (24), Jumanazar Xolmo‘minov (65), Oybek Bozorov (81), Diyorbek Rashidov (90+3) – Abduvakil Xikmatullaev (25), Muzaffar Muhammadjonov (32), Oybek O‘rmonjonov (81), Asqarjon Tojimamatov (88)

Chetlatish: Yo‘q - Alisher Miraliev (6).

 

“Bunyodkor” akademiyasi:

 

ANDIJON - NEFTChI –- 9:1 (5:0). 18 tomoshabin.

Hakamlar: Rishat Nugmanov, Timur Jabbarov, Danil Yattsenko

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: O‘ktambek Abdumalikov (29, 44), Hamidullo Karimov (30, 54), Azizbek Usmonov (37, 76-pen.), Zayniddin Hamraboev (39, 70), Fayzullo Nurmuhammadov (88) -Bekzod Rustamov (85)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Ozod Sobirov (18), Davron Ahmadaliev (55), Sattor Tojiboev (81).

 

ARAL SAMALI – QO‘QON-1912 – 1:3 (0:2). 17 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirabidova, Rishad Nugmanov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Marlen Tugelbaev (73) – Akbarjon Nazirov (2), Jasurbek Mahmudjonov (43), Farruh Muqimov (63)

Ogohlantirishlar: Suxrob Ochilov (38), Maxambet Janabaev (55), Qalmirza Aytmuratov (85) – Yusufjon Rasulov (67).

 

TURON – XORAZM – 1:0 (0:0). 17 tomoshabin.

Hakamlar: Nikita Mustafin, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gol: Hayotjon Mamatov (80)

Ogohlantirishlar: Muhammadrizo Hakimov (21), Tohirbek Yo‘ldoshev (73), Hayotjon Mamatov (80), Abdulaziz Maxsudov (86) – yo‘q.

 

METALLURG - NAVBAHOR –– 1:1 (0:0). 15 tomoshabin.

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Bekzod A’zamov, Islom Azimov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Ali Rixsiboev (61)  - Bekzodjon Nasimov (62) 

Ogohlantirishlar: Asilbek Ma’rupov (63) - Bekzodjon Nasimov (85)  

Chetlatish: Madaminbek Hamidqulov (85) -  yo‘q.

 

NASAF – NURAFShON – 5:1 (3:0). 20 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Jonibek Nurmahmadov (15), Xudoyberdi Aliqulov (38, 48), Samandar Toirov (41), G‘ayrat Namozov (75-pen.) – Muhammad Ortiqov (68)

Ogohlantirishlar: Bexruz Soatov (37) – Nurillo Sadulloev (30), Rajabboy Rajabboev (58)

Chetlatish: Yo‘q - Rajabboy Rajabboev (87, ikkinchi sariq).

 

 

AGMK – DINAMO – 2:0 (1:0). 22 tomoshabin.

Hakamlar: Davron Akmalov, Ziyovuddin Erkinov, Odil Urolov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Tohir Abdukarimov (16), Arslan Abdumutaliev (71)

Ogohlantirishlar: Bexruz Islomov (24) – Aziz Rustamov (22), Axbor Kubaev (48).

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb