U-16. Birinchi turning eng yaxshi o‘yinchilari

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi hamda “Chig‘atoy” stadionlarida 16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha mazkur musobaqaning dastlabki tur o‘yinlari tashkil etildi. O‘zPFL turnirni yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda uyushtirish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Turnir kuzning qoq o‘rtasida, ob-havoning injiqliklari pallasida tashkil etilayotganligi bois zamonaviy sun’iy maydonlar tanlangan, tajribali, malakali, hatto Superliga o‘yinlarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar jalb etilgan, jamoalar ichimlik suvi, issiq suv va engil eguliklar bilan ta’minlangan, barcha uchrashuvlar O‘zPFLning YouTube va ELEVEN SPORTS dagi sahifalari orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

 

Tashkilotchilar yosh futbolchilarni futbolga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish, ularni mehnatiga va mahoratiga yarasha rag‘batlantirishni ham unutmagan. U-14 musobaqasida qirq nafarga yaqin yosh futbolchi uchrashuvlarning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlangandi. Bu gal ham mazkur an’ana davom ettirilyapti. Kechagi o‘yinlarda o‘n nafar bo‘lajak yulduz uchrashuvlarning eng yaxshisi sifatida taniqli jurnalist, sport sharxlovchisi, O‘zbek futboli jurnalistikasi otaxoni Axbor Imomxo‘jaev qalamiga mansub, O‘zbek futbolining 100 yillik yubileyi arafasida chop etilgan, aytish joiz bo‘lsa O‘zbek futboli entsiklopediyasi hisoblangan “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitobi bilan taqdirlanishdi. Ular bilan tanishing:  

 

1-tur. 11 noyabr

“Odil-junior” – “Metallurg” (1:3) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Abdulaziz Ahadov (“Metallurg”)

“Neftchi” – “So‘g‘diyona” (2:1)  uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi  Sanjar Maqsadbekov (“Neftchi”)

“Andijon” – “Mash’al” (12:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Azizbek Usmonov (“Andijon”)

“Aral Samali” – “Bunyodkor” (2:10) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Abduazim Ortiqov (“Bunyodkor”)

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” (        0:7)   uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Javohir Bahodirov (“Paxtakor”)

“Turon” – “Lokomotiv” (1:3) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Kamronbek Yigitaliyev (“Lokomotiv”)

“Xorazm” – “Qizilqum” (5:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Egamberdi Egnamberdiyev (“Xorazm”)

“Nurafshon” – “Dinamo” (2:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Muhammad Ortiqov (“Nurafshon”)

“Surxon” – “Navbahor” (3:2)  uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Diyorbek Rashidov (“Navbahor”)

“Nasaf” – AGMK (3:2)          uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi  Azizbek Iskanov (“Nasaf”).

 

“Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Bo‘riev shogirdi Azizbek Iskanov haqida: - Azizbek aslida samarqandlik, 2017 yili selektsiyalarimiz natijasida akademiyamizga olib kelganmiz. Qobiliyatli, umumiy mashg‘ulotlardan keyin ham  o‘z ustida tinimsiz ishlaydi. Iste’dodligidan tashqari juda odobli,  jamoadoshlariga mehribon. Shuning uchun ham uni jamoa sardori etib tayinlaganmiz. Maydonda ham, maydon tashqarisida ham na’munali yigit. Biz uning kelajakda Mirjalol Qosimovdek taniqli futbolchi bo‘lib yetishiga ishonamiz.

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb