U-16. “Metallurg” dastlabki g‘alaba egasi bo‘ldi

Poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport bazasida 16 yoshlilar chempionati ham start oldi. U-16 chempionatida  deyarli barcha jamoalar asosini 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar tashkil etadi. Faqatgina “Odil junior” musobaqada bir yosh kichik toifa — 2006 yilda tug‘ilgan futbolchilar bilan o‘ynashni rejalashtirgan. Musobaqa aslida 11 noyabr kuni boshlanishi belgilangan. Ammo shu muddatda “Odil junior” jamoasining besh nafar vakili 15 yoshlilar terma jamoasiga jalb etilganligi, terma jamoa Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan CAFA U-15 turnirida ishtirok etishi va unga tayyorgarlik ko‘rishi munosabati bilan “Odil junior”ning “Metallurg”ga qarshi uchrashuvi ikki kun oldinga surildi. O‘yinning birinchi bo‘limi “Odil junior” foydasiga hal bo‘ldi, ammo ikkinchi bo‘limda bekobodiklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va buni hisobda ham isbotlashdi.  Shu tariqa 16 yoshlilar chempionatida “Metallurg” jamoasi dastlabki zafar quchgan jamoa bo‘ldi.

 

U-16. 1-tur.

9 noyabr, seshanba

 

ODIL-JUNIOR – METALLURG – 1:3 (1:0)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni. 25 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Shohruh Maqsudov, Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Abdurahmon Abdullayev (41) – Ibrohim Ergashaliyev (55), Abdulaziz Ahadov (81, 87)

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muhammadjonov (90+4) – Bexruz Abdullayev (43), Jasur Jumanazarov (63), Abdulaziz Ahadov (81).

mib
uzcard
cola
apex
bmb