Superliganing 16-tur doirasidagi ikkita o‘yin o‘tkazildi. “Paxtakor” o‘z maydonida AGMKni qabul qildi. Azizbek Turg‘unboevning uchrashuv boshidayoq kiritgan goli o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va “Paxtakor” eng yaqin ta’qibchisi “So‘g‘diyona”ni 14 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamligini mustahkamlab oldi. Turnir jadvali autsayderi “Andijon” esa “Bunyodkor”ga mezbonlik qildi. Garchi tashabbus mehmonlarda bo‘lsa, dastlabki golni urishga ham muvaffaq bo‘lgan ersada javob to‘pini kiritgan Diyor Rahimqulovning avgust oyi bo‘yicha chempionatning eng chiroyli goli muallifi nominatsiyasiga da’vogarlik qilishiga shubha yo‘q. Shundan keyin ham “qaldirg‘ochlar” mezbonlar darvozasiga yana uchta to‘p kiritishning uddasidan chiqishdi.
Coca-Cola Superliga. 16-tur
26 avgust, payshanba
ANDIJON – BUNYoDKOR - 1:4 (1:1)
Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Otabek Qosimov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Rustam Lutfullin
VAR assistent: Alisher Usmonov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Ibrohim Tomiva, 30 ( 0:1), Diyor Rahimqulov, 33 (1:1), Ibrohim Tomiva, 52 (1:2). Mirjahon Mirahmadov, 64 (1:3), Farruh Ikromov, 67 (1:4)
Amalga oshirlmagan penalti: Mirjahon Mirahmadov, 62
"Andijon": Eldor Adhamov, Sardor Hursandov, Azamat Isroilov (Izzatillo Abdulxaqov, 78), Usmonali Ismonaliev, Bahtiyor Qosimov, Pavel Zabelin, Vladislav Vasilev (Abduvoxid G‘ulomov, 70), Abdulhay Ismoilov (Farxod Soxibjonov, 70), Abdug‘ani Kamolov, Diyor Rahimqulov (Muhammadkarim Toirov, 70), Xurshid Ubaydullaev (Sherzod G‘ulomjonov, 78)
"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev (Muhammadodil Qahramonov, 81), Farruh Ikromov (Farhod Mirahmatov,75), Mirjahon Mirahmadov ( Shahboz Erkinov, 75), Odiljon Abdurahmonov (Sanjar Rashidov, 63), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov (Xurshid G‘iyosov, 63), Ibrohim Tomiva
Ogohlantirishlar: Usmonali Ismonaliev, 62, Eldor Adhamov, 89 - yo‘q.
PAXTAKOR – AGMK - 1:0 (1:0)
Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Azizbek Turg‘unboev, 5 (1:0).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, - 3.Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboev, Dragan Cheran (Abrorbek Ismoilov, 72), Boyan Matich (Sherzod Temirov, 86), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev (Sharof Muhitdinov, 86), Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 72),Farruh Sayfiev.
AGMK: Valijon Rahimov, Mirjamol Qosimov (Elvin Fortes, 75), Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Zafar Polvonov (Sanjar Shoahmedov, 46), Murod jon Toshmatov (Shohruh Gadoev, 89), Abbosjon Otaxonov, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘raev, 86), Yovan Jokich, Martin Boake, Dilshodbek Ahmadaliev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 75)
Ogohlantirishlar: Dragan Cheran, 45+2, Farruh Sayfiev, 90+3, Eldorbek Suyunov, 90+4 - yo‘q.
Chetlatish: Abbosjon Otaxonov, 82.