Ayollar futboli. O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi

Bugun ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Mazkur bosqichda Birinchi liganing 5 jamoasi va Oliy liganing 9 klubi ishtirok etadi.

Amaldagi g‘olib "Bunyodkor-W" esa ishtirokini chorak finaldan boshlaydi. 1/8 final uchrashuvlari 1-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final

1-iyul, payshanba

ANDIJON-W – PAXTAKOR-W

SURXON-W – AGMK-W

TO‘MARIS – METALLURG-W

NEFTCHI-W – SO‘G‘DIYONA-W

DINAMO-W – NAVBAHOR-W

LOKOMOTIV-W – BUXORO-W

QIZILQUM-W – SEVINCH.

mib
uzcard
cola
apex
bmb