“Paxtakor-79” xotirasi yodga olindi

Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor” jamoasining 1979 yili aviahalokatga uchraganiga 39 yil to`ldi.

Shu munosabat bilan keng jamoatchilik vakillari, futbolchilar, murabbiylar va ko`p sonli muxlislar bugun o`sha mash`um kunni yodga olish uchun to`planishdi. “Paxtakor” stadionida yig`ilganlar mazkur jamoaning o`z vaqtida naqadar yorqin o`yinlar namoyish etganini ta`kidlab, avialhalokatda hayotdan ko`z yumgan paxtakorchilarni xotirlashdi.

So`ngra Botkin qabristoniga tashrif buyurib, u erda qabrlar poyiga gullar qo`yilib, o`tganlar xotirasi uchun duo qilindi.

 

 

Shu o`rinda biz avialhalokatda hayotdan ko`z yumgan paxtakorchilarni eslab o`tamiz:

 

Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy

Vladimir Vasilevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor

Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma`mur

Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi

Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi

Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi

Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi

Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi

Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi

Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi

Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi

Vladimir Vasilevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi

Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon

Viktor Nikolaevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi

Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi

Shuhrat Mo`sinovich Eshbo`taev 08.02.1959 Hujumchi 

Vladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

mib
uzcard
cola
apex
bmb