“Navbahor” hodimi stadion texnik hududida tamaki iste`mol qilgani uchun jarimaga tortildi

PEPSISuperliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvi tanaffusi vaqtida “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov texnik hududda tamaki iste`mol qilgani o`yin komissari tomonidan qayd etilgan.

Musobaqalar Reglamentining 3-qism 3.9 bandi hamda intizomiy va jarimalar kodeksining 2-qism 5.37 bandini qo`pol ravishda buzgani uchun “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov rasmiy uchrashuv payti “Istiqlol” stadioni texnik hududida tamaki maxsuloti iste`mol qilgani sababli 1 million so`m miqdorida jarimaga tortildi.  

Sog`lom turmush tarzi targ`ib etiladigan sport tadbirlari vaqtida stadion texnik hududida tamaki iste`mol qilish nojoizdir. 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb