Boburbek Yuldashev "Neftchi"ga ko`chib o`tdi

Yana bir necha daqiqalardan so`ng O`zbekistonda transferlar oynasi rasman yopiladi.  

Farg`onaning "Neftchi" klubi yozgi transferlar oynasi paytidagi so`nggi shartnomalaridan birini imzoladi.  Farg`onaliklar o`z safiga "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Boburbek Yuldashevni qo`shib olishdi. "Neftchi" biroz avval 25 yoshli mahoratli o`yinchini Superliga bahslarida maydonga tushish uchun ro`yxatdan o`tkazdi. O`zaro kelishuvga ko`ra, shartnoma mavsum so`nggiga qadar mo`ljallandi. Ta`kidlash joiz, Boburbek Yuldashev o`tgan mavsumda ham Farg`ona shahri jamoasi safida faoliyat olib borgan edi. 

“Neftchi jamoasi, shuningdek, Doniyor Odilov hamda Avaz Mamatxo`jaev bilan ham shartnoma imzoladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb