Transferlar oynasi: "Andijon" 7 nafar futbolchi bilan tarkibni kuchaytirdi

Transferlar oynasi yopilishining so`nggi kunida "Andijon" jamoasi bir necha nafar yangi futbolchini Pro-liga hamda O`zbekiston kubogi bahslarida maydonga tushish uchun ro`yxatdan o`tkazdi. 

Endilikda mahoratli darvozabon Nikita Ribkin, himoyachi Farhod Mirahmatov, yarim himoyachi Nodirxon Kamolov, hujumchi Qadamboy Nurmetov hamda "So`g`diyona"da o`ynagan yarim himoyachi Doniyor Hasanov "Andijon" jamoasi sharafini himoya qilishadigan bo`ldi. 

Shuningdek, "Nasaf" jamoasidan Elbek Otaqulov mavsum so`nggiga qadar ijaraga olindi. Shuningdek, "Lokomotiv" jamoasida ijara asosida o`ynagan Farhod Bekmurotov jamoaga qaytarildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb