Transferlar oynasi: "Qizilqum" yana 2 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

18 iyun sanasidan e`tiboran ochiq deya e`lon qilingan transferlar oynasi bugun rasman yopiladi. 

Superliga hamda Pro-liga jamoalari mazkur vaqt davomida bir qator yangi futbolchilarni o`z tarkiblariga qo`shib olishga ulgurishdi. Bugun ham ba`zi klublar hali transferlar oynasi ochiq ekanidan foydalanib, yangi o`yinchilar bilan shartnoma imzolashmoqda. 

Xususan, Navoiyning "Qizilqum" jamoasi transferlar oynasining so`nggi kunlarida ham ancha faollik ko`rsatmoqda. Navoiyliklar mavsumni Qozog`istonning "Ordabasi" klubida boshlagan hamyurtimiz Ivan Nagaev bilan shartnoma imzolashdi. O`zaro kelishuvga ko`ra, 29 yoshli hujumchi mavsum so`nggiga qadar "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, "Qizilqum" "Spartak Toshkent" jamoasi tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Samadovni ham o`z safiga qo`shib oldi va u bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. 

Shu paytga qadar “Qizilqum” safida o`ynab kelgan Nodirxon Kamolov esa jamoani tark etdi. Klub ushbu futbolchini o`z o`yinchilari ro`yxatidan chiqardi. 

P.S.: Yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoni soat 23:59gacha davom etadi. 16 iyul soat 00:00dan e`tiboran O`zbekistonda transferlar oynasi rasman yopiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb