MOFA “CAFA U-16 championship”musobaqasini keng yoritadigan OAVlarni taqdirlaydi

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz tarixda birinchi marta U-16 mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida avval xabar berib o`tgandik. 

Ushbu musobaqada O`zbekiston, Tojikiston, Afg`oniston va Qirg`izistonning 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilaridan iborat terma jamoalari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar “Milliy” hamda “Lokomotiv” stadionlarida bo`lib o`tadi. 

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etilishi hamda unga bo`lgan muxlis-u mutaxassislarning e`tiborni yanada oshirish maqsadida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, mazkur musobaqani keng miqiyosda yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari 4 ta yo`nalish bo`yicha aniqlanadi: “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi TV”, “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi radio”, “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi sayt” hamda “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi gazeta”. Musobaqa yakunida har bir yo`nalish bo`yicha eng yaxshi deb e`tirof etilgan OAV MOFA tomonidan taqdirlanadi. 

Ta`kidlab o`tamiz, U-16 Markaziy Osiyo chempionati bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o`tkazish jarayoni bugun yakuniga etadi. “CAFA U-16 championship” musobaqasi uchrashuvlarini bevosita stadionning o`zidan yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o`z hodimlari ro`yxati (“zayavkasi”)ni quyidagi elektron pochtaga (media@the-cafa.com) jo`natishlari talab etiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb