“Dinamo” Akmal Xolmurodov va yana ikki nafar futbolchini o`z safiga qo`shib oldi

Xabaringiz bor, 18 iyun kunidan O`zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochildi va jamoalarga yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi.

“Dinamo” jamoasi yozgi transferlar vaqtidagi dastlabki o`yinchilar bilan shartnomalarini imzoladi. Ilgari “So`g`diyona” jamoasi safida o`ynagan Akmal Xolmurodov “Dinamo” safiga borib qo`shildi. 29 yoshli tajribali himoyachi bugun Samarqand klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. 

Shuningdek, “Dinamo” “Bunyodkor” klubidan 1999 yilda tug`ilgan ikki futbolchi Suhrob Izzatov va Abbos Jumaqulovlarni ijara asosida taklif etdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb