“Paxtakor” FK bolalarga sovg`alar ulashdi

“Paxtakor” futbol klubi bugun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar maktabi va mehribonlik uylarida sovg`alar ulashdi.

Dastlab, klub futbolchilari va mutasaddilari jismonan hamda aqlan zaif bolalar maktabiga tashrif buyurib, esdalik sovg`alari ulashdi. Shuningdek, klub bolalarga futbol o`ynashlari uchun maxsus futbol maydonini sovg`a qilishdi. Endilikda, ushbu maktab o`quvchilari ham ushbu maydonda futbol o`ynashlari va o`z mahoratlarini oshirib borishlari mumkin bo`ladi.

“Paxtakor” futbol klubi shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan ham uchrashdi hamda ularga ham o`z sovg`alarini ulashdi. Bayram tadbirlari boshqa maktab va muassasalarda davom etmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb