"Paxtakor" Rostin Griffits bilan shartnomani bekor qildi

O`tgan yilning avgustida "Paxtakor" safiga kelib qo`shilgan avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffits hamda klub o`rtasida tuzilgan shartnoma ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilindi. 

Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Griffits bilan 2018 yil oxiriga qadar shartnoma tuzilgan edi.  Biroq tomonlar ushbu shartnomani muddatidan avval yakunlashga kelishib olishdi.   Shu tariqa 1 iyundan boshlab Griffits "Paxtakor" futbolchisi sanalmaydi. 

Ta`kidlash joiz, "Paxtakor" tarkibida jami 16ta o`yin o`tkazgan Rostin Griffits1988 yilning 10 mart sanasida Angliyaning Stok on Trent shahrida tug`ilgan. Fuqaroligi Avstraliya. U faoliyati davomida Angliyaning "Blekbern Rovers", "Akkrington Stenli", Xitoyning "Guanchjou Fuli", Avstraliyaning "Adelaida Yunayted", "Nort Kvinslend Furi", "Tsentral Kost Mariners", "Pert Glori",  Gollandiyaning "Roda" klublarida faoliyat olib borgan.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb