Chig‘atoy stadion ta’miri sabab ketma-ket ikki uchrashuvni boshqa maydonda o‘tkazadi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasida Chig‘atoy Surxon bilan kurash olib borishi lozim. Mazkur bellashuv har ikki tomon kelishuvi asosida OKMK maydonida bo‘lib o‘tadi. 

Ayni vaqtda Chig‘atoydagi maydonning kiyim almashtirish va hakamlar xonalari ta’mirdan chiqarilmoqda. Ta’mir o‘z nihoyasiga yetmaganidan kelib chiqib, Surxon klubiga qarshi bellashuv lokatsiyasi o‘zgardi. 

Chig‘atoy, shuningdek, Birinchi liganing 2-turidan joy olgan Toshkent VFA jamoasiga qarshi uy uchrashuvini ham raqib maydonida o‘tkazadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb