Aleksandr Xomyakov: G‘alaba qozonayotganda xotirjamlikka berilayapmiz

O‘zbekiston Superligasi 5-turida safarda Lokomotivni mag‘lub etgan Andijon klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Albatta, bugungi g‘alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin o‘yinda qiyin raqibni yenga oldik. Ikkinchi gol jamoani biroz xotirjamlikka berilishiga majbur qildi. Xatolar qildik. Bizga oxirgi daqiqalarda omad ham kelgani rost. Raqibning havfli zarbasini darvozabonimiz qaytardi va jamoamizni qutqardi. Raqib ham noaniq zarbalar berdi. Umuman, o‘yin borasida muammolarimiz borligini inkor qilmayman. Lekin, yakunda g‘alaba qozondik. Buning uchun futbolchilarga rahmat.

G‘alaba qozonayotganda qilingan almashtirishlar o‘zini oqlamayapti. Bu rost. Maydon markazini biroz kuchaytirish, tayanch hududlarida to‘pni ushlash maqsadida o‘zgarishlar qildik. Ammo, negadir yangi tushgan futbolchilar biz kutgan o‘yinni namoyish etishmayapti. Balki hisob shunga majbur qilgandir. Menimcha, biroz tajriba yetishmayapti.

Kuchli raqiblarga boshqacha tayyorlanyapmiz. Jamoaning o‘yini turdan turga ochilyapti. Kamchiliklar ustida ishlab har bir o‘yinda maksimum harakat qilayapmiz. Hozircha, o‘xshayapti. Oldinga o‘tib bashorat qila olmayman. O‘yindan o‘yinga kuchayib borishimiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb