Birinchi liga. Yangi mavsumga qur’a tashlandi

Bugun Birinchi liganing yangi mavsumiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Bilasiz, joriy mavsum Birinchi ligada 26 ta jamoa ishtirok etadi va ular mamlakat geografiyasidan kelib chiqib, ikki mintaqaga ajratib olindi. Sharqiy mintaqani vodiy va Toshkent jamoalari to‘ldirdi. Sirdaryodan boshlab janubiy va g‘arbiy sarhadlar jamoalari ikkinchi mintaqadan joy olgan.

Har ikki mintaqa jamoalari uy-safar tizimida umumiy hisobda 24 tadan o‘yin o‘tkazadi. Yakunda eng kuchli to‘rttadan umumiy 8 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan pley-off orqali musobaqa g‘olibi nomiga oydinlik kiritiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb