Bunyodkor Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishdi

Shu yilning 7-fevral kuni FIFA Bunyodkor sobiq futbolchilari Rivaldo va Denilson shikoyatlari bo‘yicha qayta ish ochgan bo‘lib, oradan 15 kun o‘tib klub futbolchilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarishi lozimligi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

OFK litsenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31-mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30-mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada Bunyodkor litsenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.

FIFA qaroriga ko‘ra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7-aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb