Samvel Babayan: Himoyadagi xatolar qimmatga tushayapti

O‘zbekiston Superligasi 4-turida o‘z maydonida Surxon bilan durang o‘ynagan Navbahor klubi ustozi Samvel Babayan durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Avvalgi o‘yindagidek himoyada tushunarsiz hatolar qilganimiz evaziga yana ochko yo‘qotdik. Bunyodkorga qarshi o‘yinda ham, shunaqa xatolar qilgandik. Umuman, hozir barcha jamoalar yetakchilar bilan o‘yinda ochko tortib olishlari mumkin. Bugun shunga guvoh bo‘ldik. Chempionat qiziq tarzda o‘tayapti. Bu mavsum ham juda qizg‘in o‘yinlarni ko‘rishimiz mumkin.

Yangi mavsum endi boshlandi. Kamchiliklarni bartaraf etishga imkon bor. Xatolarni kamaytirish ustida ishlaymiz. Balansni topib olishimiz kerak. Navbahorga qarshi o‘ynaydigan har qanday jamoa katta motivatsiya bilan maydonga tushadi. Bizdan ochko tortib olish ular uchun katta motivatsiya.

Musobaqalarni yutish uchun ishonchli himoya bo‘lish kerak. Bu asosiy omil. O‘tgan mavsum birinchi davrada 6ta gol o‘tkazib yuborgan edik. Bu yil to‘rtinchi turga kelib shuncha gol o‘tkazib yuborayapmiz. Bu real muammo. Bu borada rahbariyat bilan gaplashganmiz. Shuningdek, avvalgi mavsumda ikki nafar asosiy markaziy himoyachimiz bo‘lgan Milovich va Golban ketgani ham jiddiy muammo tug‘dirdi. Ularning o‘rniga bu mavsum futbolchi olmadik. Bu sabablar bizga etarlicha muammolar olib kelayapti”.

Navbahorga kelganimdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar qila oldim. Rasmiy bayonot deyish ham mumkin – bu yerdan sovrin yutmagunimcha ketmayman. Katta maqsadlar yo‘lida ishlayapmiz. Ishlashda va izlanishda davom etamiz. Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Raqiblarga qaraganda yaxshi o‘ynayapmiz, ko‘proq vaziyatlar yaratayapmiz, ammo bu ustunlini hisobda aks ettira olmayapmiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb