Mirjalol Qosimov: Ko‘zlagan natijamizga erishdik

Superliga 4-turidan o‘rin olgan OKMK – Bunyodkor (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Muhimi istagan natijamizga erishdik. Uchrashuv boshida vaziyatlar bo‘ldi, ularni golga aylantira olmadik. Bunyodkor bilan bellashuvlar doim qiziqarli va keskin o‘tadi. Raqib chetlatishdan so‘ng ham natija uchun harakat qildi. Shunday bo‘lsa-da, ularni xato qilishga majburladik va to‘p kiritdik. Shuningdek, Karimov ko‘plab seyvlarni amalga oshirib, jamoasi joniga oro kirdi.

Bu futbol va ba’zan yo‘q joyjan gol kiritiladi. Ba’zan 2-3 ta yaqqol imkoniyat golga aylanmaydi. So‘nggi vaqtlarda yaxshi saviyadagi hujumchilar borasida muammolar mavjud.

Sanches hozir ikkinchi jarohatni orttirib olgan. Bu futbolda uchrab turadigan holat. Yana bir yosh hujumchimiz Azizbek Xolmurodovga ham tanbeh berdim. Chunki, u ham to‘qnashuvdan keyin ozroq oqsab qoldi. Futbol – shashka yoki boshqa sport turi emas. Kurashlarga boy o‘yin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb