Jamshid Saidov: Qarshidagi stadionga ko‘nikishimiz kerak

O‘zbekiston Superligasi 4-turida Lokomotiv bilan durang o‘ynagan Qizilqum klubi ustozi Jamshid Saidov durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin ancha jangovar kechdi. Futbolchilar qattiq mehnat qilishdi. Ularga o‘yinga bo‘lgan munosabat uchun rahmat. Durang adolatli natija bo‘ldi.

Ikki o‘yin hujumchisiz o‘ynadik. Muhammadali G‘iyosov jarohatini tuzatib safimizga qaytdi. Bugun yomon o‘ynamadi. Hali bizga ko‘p yordami tegadi deb umid qilaman. O‘yin davomida ayrim futbolchilarni ularning jismoniy xolatlarini va boshqa jihatlarni inobatga olib almashtirishga qaror qildik.

 Jo‘rabekovni ham jarohat qiynayapti. Bor kuchi bilan o‘ynay olmayapti. So‘nggi daqiqalarda pozitsiyasiga qaytib o‘ynashga qiynaldi. Shu bois, uni ham o‘yin yakunida amlashtirishga majbur bo‘ldik.

Albatta, Navoiyda o‘ynasak muxlislar ko‘proq kelgan bo‘lardi. Barcha o‘yinlarni xuddi mehmonda o‘tkazayotgandekmiz. Stadionga, maydonga ko‘nikishimiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb