Aleksandr Stoymirovich: Laziz Mirzayevga vaqt kerak

O‘zbekiston Superligasi 4-turida mehmonda “Qizilqum” bilan durang o‘ynagan “Lokomotiv” klubi ustozi Aleksandr Stoymirovich o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Raqibga himoyada deyarli imkon qoldirmadik. O‘yin oxirida gol urishga juda yaqin keldik, ammo qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Qizilqum juda tartib bilan o‘ynaydigan, yaxshi shakllangan jamoa va hali ko‘pchilikka muammolar tug‘diradigan jamoa. Bugun birinchi bor uzoq masofa yurib mehmonda o‘ynadik. Bungacha o‘tkazgan uchta o‘yinimizni Toshkentda o‘ynagandik. Bu ham o‘yinga ta’sir qiladigan jihat. Nima bo‘lganda ham, 4ta o‘yin o‘tkazdik va hali mag‘lub bo‘lmadik. Jamoa doim g‘alaba uchun maydonga tushadi.

Qizilqum”bugun bizni yugurishga majbur qildi. Qaysidir hududlarda ularga qarshi tartibliroq o‘ynashga majbur bo‘ldik. Aytganimdek, Qizilqum hali ko‘pgina jamoalarga muammolar tug‘diradi. Nasafga qarshi o‘yinda ham gol urish uchun yetarli vaziyatlar yaratgan edi. Qizilqum barcha chiziqlarga saviyali futbolchilarni taklif etgan.

Ushbu mavsum avvalida jamoa safiga 16 nafar yangi futbolchi kelib qo‘shildi. Ularning barchasi asosiy tarkibda maydonga tusha oladigan saviyadagi futbolchilar. Bizga biroz vaqt kerak. Ambitsiyamiz yuqori. Qolaversa, kubokda ham yaxshi guruh tushdi. Uchta o‘yinni ham uyimizda o‘ynaymiz. Lokomotivning Toshkentda o‘yini bo‘lgani uchun ular o‘yinni Toshkentga ko‘chirishni so‘radi. Kubok bahslarida ham munosib qatnashishni istaymiz.

Laziz Mirzayev jamoa bilan mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlamoqda. Uning ham hali jamoaga ko‘p yordami tegadi. Potensiali juda yuqori futbolchi. Mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilmoqda. O‘yinga tayyorligini sezsak albatta maydonga tushadi. Hozircha unga ham vaqt kerak. Albatta, barchasini vaqt ko‘rsatadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb