Superligada oyning eng yaxshilari qanday aniqlanadi?

Liga har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy, futbolchi va golni aniqlab keladi. So‘nggi mavsum davomida oyning eng yaxshilarini aniqlashda Liga o‘z musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanib keldi. 

Bunda musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan kishilarga e’tibor qaratish lozim topildi. 

2024-yilgi mavsumda ham oy laureatlarini aniqlashda ushbu tizimdan foydalaniladi. Mavsum oxirida oy laureatlari sarhisob qilingach, yakuniy ovoz berish jarayonida ham ushbu ekspertlar ishtirok etadi. Bunda ular 8 oy davomida ochkolar bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan uch nafardan futbolchi va murabbiy orasidan mavsumning eng zo‘rlarini qayta ovoz berish bilan aniqlaydi.  

Ro‘yxat quyidagicha:
Orif Tolipov — Sport-TV
Xayrulla Hamidov — Sport-TV
Zuhriddin Qilichev — Sport-TV 
Otabek Jo‘rayev — Sport-TV
Abdulla Nurmonov — Sport-TV
Narzulla Saydullayev — Championat.asia
Azamat Umarov — Sports.uz
Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev — Sports.uz
O‘tkir Jalolxonov — Tribuna.uz 
Faxriddin Ro‘ziyev — mustaqil kuzatuvchi
Shahboz Beg‘amov — mustaqil kuzatuvchi
Zohid Akramov — mustaqil kuzatuvchi
Kamoliddin Murzoyev — O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi
Azamat Abduraimov — TSHFA vitse-prezidenti 
Ravshan Haydarov — O‘zbekiston U21 terma jamoasi bosh murabbiyi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb