O‘zbekiston kubogi. Saralash o‘yinlari 1-aprel kuni o‘tkaziladi

21-mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va 26 jamoa o‘z raqiblarini bilib oldi. Yana 6 ta jamoa saralash o‘yinlari orqali guruh bosqichiga yo‘l oladi. 

Liga saralash uchrashuvlarini 1-aprel kuni Toshkent shahridagi 2 ta sun’iy maydonda o‘tkazadi va unda 12 ta jamoa 6 juftlikka ajratiladi. 28-mart kuni qur’a orqali mazkur juftliklarga aniqlik kiritib olinadi. 

Saralashda Andijon, Namangan, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston futbol akademiyalari, shuningdek, Farg‘ona va Buxoro davlat universitetlari, “Chig‘atoy”, “Qumqo‘rg‘on”, “Qiziriq”, “Zomin” jamoalari ishtirok etadi. Ularga 31-mart kuni Toshkentga yetib kelish tavsiya etilgan. 

Ma’lumot uchun, saralash bosqichida barcha jamoa faqat 1 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Ularda g‘olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoni bo‘lmasa, navbat qo‘shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb