Kubok finalini qabul qilish uchun uch stadion da’vogarlik qiladi

Liga 2020-yildan boshlab kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qur’a orqali aniqlik kiritib keladi. Shu tariqa Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi. 

2024-yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etadi: Istiqlol, Bobur arena va Olmaliq. Mazkur stadionlar o‘tgan mavsumda Liga talabi bo‘yicha yoritish, sug‘orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o‘zgartirildi. 

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga 21-mart kuni qur’a tashlanishi ma’lum qilingandi. Sport-TV orqali jonli efirga olib chiqiladigan jarayon vaqtida kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi. Final 5-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb