Jamshid Saidov: Nasaf doim sovrinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lgan

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida safarda Nasafga mag‘lub bo‘lgan Qizilqum klubi ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

Asosiy urg‘u himoyaga qaratilib, tezkor qarshi hujumlarda o‘ynashni reja qilgandik. Ammo, raqib birinchi taymdayoq bizni shoshiltirib qo‘ydi va ikkita gol urdi. Ikkinchi taym uchun boshqacha reja tuzib maydonga tushdik. Ammo, yakunda vaziyatlarni golga aylantirishni eplay olmadik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

Avvalgi ikki o‘yin boshqacharoq kechgandi. Birinchi taymda gollar urib, ikkinchi taymda deyarli futbol o‘ynamayotgan edik. Bugun buning aksi bo‘ldi. Ko‘pchilik shu savolni berayapti. Nima uchun “Qizilqum” ikkinchi taymda ishonchsiz o‘ynayapti? Balki ruhiy jihatga bog‘liqdir. Balki chempionat endi boshlangani uchun hali to‘liq uslubimizni shakllantirmagandirmiz.

Birinchi taym asosiy reja himoyaviy o‘yin bo‘lgani uchun, asosiy tarkibni shunga qarab tuzgandik. Kuxianidze ikkinchi taymda tushirilganining sababi shu.

Albatta, jismoniy holat eng asosiy faktor. Bu holatga jiddiy qaraymiz. Nasaf doim chempionat favoritlaridan biri. Bu mavsum ham bemalol sovrinlar uchun kurasha oladi.

Murodbek Rahmatovni olib qolishni istagandik. Ammo, “Nasaf” uni ijara shartnomasi tugagach, qaytarib oldi. Kuchli va kelajagi bor o‘yinchi. Unga omad tilab qolamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb