Fevzi Davletov: Futbolchilarda ruhiy muammolar bordek

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida Andijonga mag‘lub bo‘lgan Surxon klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib standartlarda yaxshi harakat qilishini bilardik. Kerak bo‘lmagan joyda raqibga penalti hadya etdik. Ikkinchi taymda hujumni kuchaytirishni so‘radik. Boisi, gol kerak edi. Agressiya yetishmadi.

Har o‘yinda qandaydir qiyin vaziyatga tushyapmiz. Optimal tarkib tanlashda qiynalyapmiz. Har o‘yin oldidan u yoki bu futbolchi jarohat olib safdan chiqyapti.

Futbolchilarda qandaydir ruhiy muammolar bordek. Ulardan chiqib keta olmayapmiz. Mana, Yegor Krimets uzoq vaqt tanaffusdan keyin qaytdi, ammo maydondan chetlatilyapti.

FIFA kunlaridagi tanaffusda nazorat bahslarida maydonga tushamiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz albatta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb