Vesko Steshevich: Neftchi bunday tarkib bilan chempionlik uchun kurasha oladi

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida safarda Neftchiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan Metallurg klubi ustozi Vesko Steshevich o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Bunday mag‘lubiyatdan keyin nimadir fikr aytish qiyin. Faqat bugungi o‘yinlari uchun shogirdlarim bilan faxrlanishimni aytishim mumkin. Birinchi taymda raqib yaxshiroq o‘ynadi. Ikkinchi taymda ularga deyarli vaziyat yaratish uchun imkon bermadik. Ikkinchi taymda darvozamizga faqat birgina zarba bera olishdi. Bizda ham zarbalar bo‘ldi. Vaziyatlar yarata oldik. Biz tarkib borasida kuchliroq bo‘lgan va ligada chempionlik uchun kurashadigan jamoa bilan o‘ynadik. O‘yinimiz yoqdi. Futbolchilarimga yana bir bor rahmat aytaman.

Neftchi doim ham birinchi raqamda o‘ynamaydi. Bugun ularga maydonda ustunlikni berib o‘ynadik, bu orqali qanday o‘ynay olishimizni bilishni istagandik. Aytganimdek, raqib tarkib bo‘yicha chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa. Ularga qarshi bugun kuchli o‘yin ko‘rsatdik. Boshqa jamoalarga qarshi ham shunday o‘ynay olishimizni ko‘rdik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb