Vitaliy Levchenko: Jamoada asosiy tarkib uchun raqobat borligi meni xursand qilmoqda

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida o‘z maydonida Metallurgni kichik hisobda mag‘lub etgan Neftchi klubi ustozi Vitaliy Levchenko, g‘alaba, raqib, tarkibdagi rotatsiya va Toshmirzayevning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Juda qiyin kechgan bahsda g‘alaba qozona oldik. Metallurg juda yaxshi darajadagi jamoa. Umuman, raqiblarimiz so‘nggi bahslarda bizni puxta o‘rganishayotgani, o‘yinlarimizni jiddiy tahlil qilishayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bugun jamoam oxirigacha kurashdi, sabr qildi, o‘z vaziyatini kutdi va yakunda haqli g‘alabaga erishdik. Juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Meni xursand qilayotgan jihat – jamoada teng kuchli 20 nafar futbolchi bor. Asosiy tarkib uchun raqobat va kurash borligi xursand qilmoqda. Albatta, kimdir asosiy tarkibga kira olmasa, bunga salbiy qarashi va hafa bo‘lishi mumkin. Bu futbol. Normal holat. Biz futbolchilarga buni tushintirayapmiz. Asosiy tarkibda kim tushishi qiyin tanlov. Ammo, kim asosiy tarkibda tushsa ham, borini berib o‘ynamoqda.

Toshmirzayev ancha tezkor va harakatchan futbolchi. Unga ma’lum vazifalar berilgandi. Ammo, sariq kartochka olgani uchun tavakkal qilmadik va almashtirdik. O‘yin tempi yuqori ekani va uni yana ogohlantirilishi chetlatilishiga sabab bo‘lishini o‘ylab shunga qaror qildik.

Asosiy tarkibda maydonga tushayotgan ayrim futbolchilar borasida savollar bo‘lishi tabiiy. Ammo, mavsum uzunligi va ayni damdagi futbolchilar holati tarkib tanlashda muhim faktor hisoblanadi. Hali oldimizda uzun mavsum turibdi. Kubok uchrashuvlari bor. Tarkib tanlash uchun ko‘p omillarga tayanishga majburmiz.

Raqib tarkibida Shahzod Ubaydullayevning harakatlari yoqdi. Neftchida o‘ynagani uchun darajasini yaxshi bilaman. Bugun ham bizning himoyachilarni qiynadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb