Yangiyer quruvchi jamoasi Liga qatnashchilari safidan chiqarildi

2023-yilning 9-may kuni FIFA Assotsiatsiyaga maktub yo‘llab, Yangiyer quruvchi o‘zining sobiq futbolchisi Sekuba Diatta bilan o‘rtadagi nizoli vaziyatni 45 kun muddat ichida hal qilishi lozimligini bildirgandi. Biroq holat belgilangan muddatda bartaraf etilmagach, Yangiyer quruvchi’ga nisbatan ichki va xalqaro transferlarni amalga oshirish taqiqi belgilangandi.

Mazkur ish O‘FA tegishli qo‘mitasi tomonidan o‘tgan yilning 18-dekabr kuni qayta ko‘rildi. Qo‘shimcha ravishda qator mahalliy murabbiy va futbolchilar klub ustidan shikoyat qildi. Shuningdek, joriy yilning 10-yanvariga qadar Yangiyer quruvchi Assotsiatsiya tomonidan belgilangan talabni bajarish uchun hatto aloqaga chiqmadi. 

Jamoa to‘liq tarqalib ketgan. Qarzdorliklar esa o‘z holicha qolgan. Proliga yo‘llanmasidan mahrum qilish sanksiyasi qo‘llanilganiga qaramay, holat ijobiy tomonga o‘zgarmadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga Yangiyer quruvchi jamoasini qatnashchilar safidan chiqarishga qaror qildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb